Mahalliy

Qoraqalpogʻistonda ikki kunda 200 nafardan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi

Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Sadriddin Turdiyev tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida sayyor qabullar tashkil etildi. 15–16-oktabr kunlari oʻtkazilgan qabullarda 200 nafardan ortiq fuqaro va tadbirkorning yer va kadastr sohasiga oid murojaatlari koʻrib chiqildi.

Qoraqalpogʻistonda ikki kun ichida 200 nafardan ziyod fuqaroning murojaati tinglandi

15-oktabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining 12 ta tumani va bir shahridan jami 136 ta murojaat kelib tushdi. 16-oktabr kuni Beruniy tumanida davom etgan sayyor qabulda esa Beruniy, Ellikqalʼa, Toʻrtkoʻl va Amudaryo tumanlaridan kelgan fuqarolarning 72 ta murojaati tinglandi.

Murojaatlarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirish, koʻchmas mulk obyektlariga oid kadastr hujjatlari hamda sohaga doir boshqa masalalar ko‘tarildi.

Qabul jarayonida vakolat doirasida hal etilishi mumkin boʻlgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kadastr agentligi sayyor qabullari 17-oktabr kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida davom etadi. Qabul soat 10:00 da Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi binosida (Urganch shahri, «Feruz» MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi 59/2-uy) oʻtkaziladi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 (62) 224-67-05, +998 (62) 22-67-02.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.