Iqtisodiyot

TENET shourumida yangi BMW 7 Series avtomobilining yopiq taqdimoti boʻlib oʻtdi

10-oktabr kuni TENET va BMW’ning Oʻzbekistondagi eksklyuziv importchisi - Premium Auto kompaniyasi 2027 model yiliga mansub BMW 7 Series avtomobilining yopiq taqdimotini oʻtkazdi. TENET shourumida boʻlib oʻtgan tadbir har ikki kompaniyaning mijozlari va doʻstlarini bir davraga jamladi.

TENET shourumida yangi BMW 7 Series avtomobilining yopiq taqdimoti oʻtkazildi.

Germaniyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mattias Foller tabrik soʻzi bilan chiqdi. Shuningdek, Premium Auto kompaniyasi asoschisi Baxtiyor Hojiyev hamda TENET Group asoschisi Tuhfat Anvarxoʻjayev mehmonlarni qarshi oldi. Ular hamkorlikdan mamnun ekanliklarini aytib, har ikki kompaniya uchun umumiy boʻlgan qadriyatlar — sifat, estetika va qulaylikka eʼtibor, shuningdek, mijozlar uchun noyob tajriba yaratishga intilishni alohida taʼkidladilar.

Tadbir ochilishidagi asosiy lahzalardan biri pianinochining jonli ijrosi boʻldi. Yangi BMW 7 Series avtomobillari TENET ramzi oʻyib ishlangan Nikolayev gʻishtlaridan yaratilgan installyatsiyalar orasida namoyish etildi. Shisha qoplamalar ostida tagkursilarga joylashtirilgan avtomobillar tarixiy materiallar bilan zamonaviy avtomobil dizayni oʻrtasida vizual uygʻunlik yaratib, makonga muzey ekspozitsiyasi kayfiyatini berdi.

TENET va Premium Auto hamkorligi premium toifadagi koʻchmas mulk hamda avtomobil dizaynini yagona muhitda birlashtirdi. Mehmonlar uchun bu yangi BMW modeli bilan yaqindan tanishish, har ikki kompaniya vakillari bilan suhbatlashish hamda TENET loyihalari haqida batafsil maʼlumot olish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi.

Kecha jonli musiqa hamrohligidagi afterpati bilan davom etdi. Unda mehmonlar erkin muhitda taqdimot taassurotlarini muhokama qilish va oʻzaro muloqotni davom ettirish imkoniga ega boʻldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.