Iqtisodiyot

Kia Sonet Prime Oʻzbekistonda Sonet oilasini kengaytirmoqda

Krossover ifodali dizayn, diagonali 10,25 dyuym boʻlgan ikkita displey, haydovchiga yordam beruvchi tizimlar majmuasi va yanada qulay salonga ega boʻldi. Sonet Prime Oʻzbekiston bozorida allaqachon taqdim etilgan Kia Sonet’ni toʻldiradi - har ikki model bir vaqtning oʻzida sotiladi.

Kia Sonet Prime Oʻzbekistonda Sonet oilasini kengaytirmoqda

Oʻzbekistonda kompakt shahar krossoverlari qatoriga kiruvchi yangi model — Kia Sonet Prime savdosi yoʻlga qoʻyilmoqda. Avtomobil oʻziga xos dizayn, kengaytirilgan jihozlar va zamonaviy elektron tizimlar bilan ajralib turadi, shu bilan birga amaliy format va sinovdan oʻtgan kuch qurilmasini saqlab qolgan. Bozorda tanish Kia Sonet ham model safida qoladi: ikki krossover Oʻzbekistonda bir vaqtda taklif etiladi.

Har ikki versiya ham ADM Jizzakh zavodida toʻliq siklli CKD texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi. Bu Kia kompaniyasining ishlab chiqarishni yuqori darajada mahalliylashtirishga qaratilgan eʼtiborini va Oʻzbekiston bozoridagi uzoq muddatli rejalarini koʻrsatadi.

Sonet Prime kuzovining old va orqa qismlari toʻliq yangidan ishlangan. Model tashqi koʻrinishida Kia’ning zamonaviy uslubi qoʻllangan: murakkab geometriyali radiator panjarasi Star Map LED optikasi va Ice Cube tumanga qarshi chiroqlar bilan uygʻunlashadi.

Orqa qismda vertikal fonarlar bagajxona eshigining butun kengligi boʻylab choʻzilgan LED tasma bilan birlashtirilgan. Kompozitsiyani yangi bamper va integratsiyalashgan spoyler yakunlaydi.

Avtomobil 16 dyuymli yengil qotishmali disklar bilan jihozlanadi. Sonet Prime uchun kuzovning yetti xil rangi, shuningdek, qizil yoki oq kuzov va kontrast qora tomga ega ikki rangli variantlar ham taklif etiladi.

Salonidagi asosiy yangiliklardan biri raqamli haydovchi zonasi boʻldi. Asboblar paneli va multimedia tizimi diagonali 10,25 dyuym boʻlgan displeylar bilan jihozlangan. Asboblar panelida avtomobil va haydovchiga yordam beruvchi tizimlar ishlashi haqidagi asosiy maʼlumotlar aks etadi, uning dizayni esa tanlangan harakatlanish rejimiga qarab oʻzgaradi.

Multimedia tizimi Apple CarPlay va Android Auto’ni qoʻllab-quvvatlaydi. Interfeys oʻzbek, rus va ingliz tillarida mavjud.

Jihozlar tarkibiga, shuningdek, yettita dinamik va sabvuferga ega Bose audiotizimi, simsiz quvvatlash tizimi, USB-C va USB-A ulagichlari, iqlim nazorati, Smart Key kalitsiz kirish tizimi, elektr yuritmali lyuk hamda rang va ishlash rejimini tanlash imkoniyatiga ega salon atmosfera yoritgichlari kiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.