Iqtisodiyot

BMW foydaning pasayishi fonida elektromobil va lyuks yoʻltanlamas ishlab chiqaradi

BMW xodimlarni, shu jumladan boshqaruv lavozimlarini qisqartirish, sunʼiy intellekt bilan koʻproq ishlash, shuningdek, ikkita yangi modelni taqdim etish niyatida. Bu kompaniyani qayta tashkil etish rejasiga kiradi.

BMW foyda kamayishi sharoitida elektromobil va lyuks yoʻltanlamas ishlab chiqarishga kirishadi

Agentlik yozishicha, Yevropa avtomobil sanoati sust talab, Xitoy ishlab chiqaruvchilarining bosimi va AQSH bojlari taʼsiri ostida qolmoqda. Iyun oyida BMW Xitoydagi zaif natijalar sabab foyda pasayishi yuzasidan uch yildan ortiq vaqt ichidagi uchinchi ogohlantirishini berdi, bu esa odatda barqarorligi bilan tanilgan kompaniya obroʻsiga zarar yetkazdi, deb xabar qildi Reuters.

Shu vaziyatda BMW Germaniyada qariyb 8 ming ish oʻrniga taʼsir qilishi kutilayotgan qisqartirish dasturini boshladi. Shu bilan kompaniya xarajatlarni kamaytirayotgan Volkswagen va Mercedes-Benz qatoriga qoʻshildi. BMW 2027-yil oʻrtalariga borib boʻlinmalar hamda ular bilan bogʻliq boshqaruv lavozimlari sonini beshdan bir qismga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Sunʼiy intellekt jarayonlarni optimallashtirish va qaror qabul qilishni tezlashtirishda asosiy vosita boʻladi.

Bundan tashqari, BMW oʻz mahsulot strategiyasini asosiy bozorlarning turli yoʻnalishlariga moslashtirmoqda:

Yevropa — 2028-yildan boshlab boshlangʻich toifadagi arzon elektromobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan;

AQSH — badavlat mijozlar uchun yangi lyuks yoʻltanlamas ishlab chiqish;

Xitoy — ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni davom ettirish va mahalliy hamkorlar bilan, jumladan avtonom haydash texnologiyalari hamda integratsiyalashgan dasturiy taʼminot boʻyicha yanada faolroq hamkorlik qilish.

Shuningdek, Xitoydan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga avtomobil eksport qilish imkoniyati ham koʻrib chiqilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.