Iqtisodiyot

Tadbirkorlik subʼyektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek qoidabuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini jadal qayta tiklash imkoniyatini cheklab qoʻygan baʼzi maʼmuriy tartib-omillar bekor qilindi.

Tadbirkorlik subʼyektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda

20.10.2026 yildagi OʻRQ-1183-sonli Qonun bilan tadbirkorlik subʼyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirishga qaratilgan ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Hujjat bilan qonunchilik talablarini buzayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini cheklagan, shuningdek, bunday qoidabuzarlik bartaraf etilgandan keyin xoʻjalik faoliyatini jadal qayta tiklashga toʻsqinlik qilgan ayrim ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar bekor qilindi.

Xususan, Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksga bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish tarzidagi huquqiy chorani qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar soniga oid oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga, agar xoʻjalik yurituvchi subʼyekt soliq organining uning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaroriga eʼtiroz bildirsa, ushbu huquqiy chorani qoʻllashni sudda koʻrib chiqish tartibini, shuningdek ushbu operatsiyalarni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin qabul qilingan qarorni bekor qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qayd etilishicha, Qonun bank hisobvaraqlari muzlatib qoʻyilgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning imkoniyatlarini cheklab qoʻyadigan tartib-taomillarni bartaraf etishga, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 21.10.2026 yildan kuchga kirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.