Iqtisodiyot

Islomiy banklar faoliyati bo‘yicha 10 ta huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Adliya vazirligi tomonidan islomiy banklar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat

Islomiy banklar faoliyatiga oid 10 ta huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Adliya vazirligi tomonidan islomiy banklar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martda qabul qilingan O‘RQ–1126-son Qonuni ijrosini ta’minlash doirasida ishlab chiqilgan. Ushbu qonunga muvofiq mamlakatda islomiy bank faoliyati rasman joriy etilgan.

Qonunni amalga oshirish maqsadida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 10 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ular islomiy banklar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishning asosiy mexanizmlarini belgilab beradi.

Yangi o‘zgartishlar bilan banklar va banklar guruhlarida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi takomillashtirildi. Shuningdek, tijorat banklarining ko‘chmas mulk, boshqa mol-mulk hamda yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ulushlarni sotib olishiga doir talablar qayta ko‘rib chiqildi.

Hujjatlarda bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdorini belgilash tartibi ham takomillashtirildi.

Bundan tashqari, tijorat banklarida korporativ boshqaruvni tashkil etish hamda banklarning Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibiga oid huquqiy mexanizmlar ham yangilandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.