Mahalliy

Tadbirkorlar uchun xavfsiz muhit talabi va aliment boʻyicha yangi taklif - mahalliy dayjest

«Birorta gʻoʻdaygan boyvachcha paydo boʻlsa, kechirmayman!» – prezident Toshkentda tadbirkorlar uchun xavfsiz muhit yaratishni talab qildi. Aliment miqdori bolaning yoshi va ehtiyojiga qarab belgilanishi mumkin. Aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchilikka yoʻl qoʻygan davlat xodimlari lavozimidan olindi. Samarqand togʻlaridagi sanoat portlatishi aholi eʼtiroziga sabab boʻldi. Qashqadaryodagi universitet binosida katta yongʻin sodir boʻldi. Kunning muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.

Tadbirkorlar uchun xavfsiz muhit talabi va aliment bo‘yicha yangi taklif - mahalliy dayjest

«Birorta gʻoʻdaygan boyvachcha paydo boʻlsa, kechirmayman!» – prezident Toshkentda tadbirkorlar uchun xavfsiz muhit yaratishni talab qildi. Aliment miqdori bolaning yoshi va ehtiyojiga qarab belgilanishi mumkin. Aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan davlat xodimlari lavozimidan olindi. Samarqand tog‘laridagi sanoat portlatishi aholi e’tiroziga sabab bo‘ldi. Qashqadaryodagi universitet binosida katta yong‘in sodir bo‘ldi.

«Birorta gʻoʻdaygan boyvachcha paydo boʻlsa, kechirmayman!» – prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda tadbirkorlik uchun xavfsizlik masalasi muhim ekanini ta’kidladi.

Ichki ishlar vaziriga jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha ko‘proq ishlash vazifasi qo‘yildi.

«Jinoyatni jilovlamagunimizcha, ishning barakasi bo‘lmaydi, tadbirkor kelmaydi. Mana shuni bilinglar… Hammalaring shuni bilinglar. Kichkina ish qilmayapsizlar. O‘ylamanglar, vaqtincha ish qilaman deb. Bitta narsani bilinglar, shukronalar deyishimiz kerak bu tinchlikka. Lekin ikki karra ko‘p ishlashimiz kerak, xalqimiz tinch yashashi uchun. Tinch, bemalol uyida, emin-erkin, qo‘rqmasdan, hech kimdan. Birorta gʻoʻdaygan boyvachcha paydo boʻlsa, birortangni kechirmayman… Davlat bo‘lishi kerak, shunda bizda birdamlik bo‘ladi, hamjihatlik bo‘ladi, odamlar bizga ishonadi», – dedi prezident.

Aliment miqdori bolaning yoshi va ehtiyojiga qarab belgilanishi mumkin

Alimentni oylik daromadga qarab hisoblash tartibi bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Senatdagi chiqishida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, oxirgi paytlarda ota-onalar aliment miqdorini kamaytirish maqsadida haqiqiy daromadini yashirib, o‘zini past maosh to‘lanadigan ishga rasmiylashtirish holatlari ko‘paygan. Shu jihatdan har bir yosh toifalari kesimida minimal iste’mol savatini belgilash hamda aliment miqdorini ota yoki onaning oyligidan kelib chiqib emas, bolaga kerak bo‘ladigan iste’mol savati asosida hisoblash taklif etilyapti.

Shuningdek, aliment undirish bilan bog‘liq ayrim funksiyalar Majburiy ijro byurosidan xususiy sektorga o‘tkazilishi mumkin.

Aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan davlat xodimlari lavozimidan olindi

2026-yilning yanvar-avgust oylarida Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘ygan kamchiliklar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga ta’sir choralari ko‘rish bo‘yicha jami 5486 ta holat aniqlandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 151 nafar shaxs lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, 833 nafar xodimga hayfsan jazosi qo‘llangan.

Bundan tashqari, 150 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 1335 nafari rasman ogohlantirilgan.

Murojaatlardagi kamchiliklardan kelib chiqib, chora ko‘rishdan tashqari, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha eng ko‘p murojaat tushayotgan 10 ga yaqin tashkilotda amaliy o‘quv seminarlari tashkil etilgan.

Samarqand tog‘laridagi sanoat portlatishi aholi e’tiroziga sabab bo‘ldi

Samarqand viloyatining tog‘li hududida olib borilgan sanoat portlatish ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi.

Viloyat Ekologiya boshqarmasining ma’lum qilishicha, Nurobod tumanining aholi yashash punktlariga yaqin tog‘li hududida portlatish ishlari olib borilgan. Bu esa mahalliy aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlangan. Portlatish ishlari tog‘-kon sanoati va ochiq konlar ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mahalliy korxona tomonidan amalga oshirilgan.

Ekoboshqarma hozir mazkur hududda tegishli nazorat tadbirlari olib borilayotganini bildirib, holatga qonuniy baho berish maqsadida davlat inspektorlari zarur hujjatlarni o‘rganayotganini ta’kidladi.

Qashqadaryodagi universitet binosida katta yong‘in sodir bo‘ldi

14-sentabr kuni Qarshi davlat texnika universiteti bosh binosida yong‘in chiqdi. Viloyat FVB binoning tom qismi yonayotgani haqida xabar berdi. Qutqaruv bo‘linmalari bir soatdan ortiq vaqt yong‘in bilan kurashib, uni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida jabrlangan odamlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Hozir yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.