Mahalliy

«Svet öçaverganidan bir soatlik kinoni beş soat körardik» – prezident bolalik yillarini esladi

Davlat rahbari öz vaqtida özbek kinosida milliy sanʼat asarlari yaratilgani, ammo keyin vaziyat oğirlaşganini esladi.

«Svet öçaverganidan bir soatlik kinoni beş soat körardik» – prezident bolalik yillarini esladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev kinoijodkorlar bilan uçraşuvda öz vaqtida özbek kinosida durdona asarlar yaratilgani, biroq keyinroq «Özbekfilm» qiyin ahvolga tuşib qolgani haqida so‘zladi.

«Qişloğimizda bitta kinoteatr bölardi. Lekin u yerga hamma ham siğmasdi. Kinoni daraxtga çiqib körardik. Lekin kino boşlanganidan keyin 15-marta svet öçardi. Bir soatlik kinoni beş soat körardik.

Şunday kunlarni boşimizdan ötkazganmiz. «Mahallada duv-duv gap», «Ötgan kunlar», «Şum bola», «Çinor ostidagi duel», «Suyunçi» kabi filmlarni yodga olaylik.

Ulardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuyni eşitişning özi bolaligimizni, bobo-buvilarimiz, qadrdon mahallamizni köz oldimizda gavdalantiradi.

Men ham bugun lavozimimdan qatʼi nazar, xalqdan ajralmagan holda bir qişloqda ösgan odamman. Men heç qaçon u kunlarimni unutmayman. Maktabimni ham, öşa kinozalimizni ham, daraxtga çiqib ötirganimizni ham, stadion yöqligidan keçasi oyoğimiz qon bölib futbol öynaganimizni ham.

Milliy sanʼat asarlarini yarata olganlar tahsinga sazovor. «Özbekfilm» yaratgan mazkur maktabni mustaqillik yillarida ham ijodkorlarimiz munosib davom ettirib, «Abdullajon», «Otamdan qolgan dalalar», «Dilxiroj», «Vatan», «Ötov» singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.

Ana şunday uluğ tarixga ega kinostudiyaning bundan 10 yil oldingi ahvolini kim eslaydi? «Özbekfilm sovunlari» degan ibora bor ekan. «Özbekfilm şpaklyovkalari» degan gap ham yurarkan. «Özbekfilm kraskalari» degan gaplar yodingizdan çiqmaydi.

Şu bois, islohotlarimizning ilk kunlaridan «Özbekfilm»ning qaddini tiklaş, ijodkorlar uçun munosib şaroit yaratişga alohida eʼtibor qaratdik», dedi davlat rahbari.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.