Mahalliy

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan ayiq va toʻngʻizlarni noqonuniy ovlaganlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Yovvoyi hayvonlar noqonuniy ovlanganligi natijasida hayvonot dunyosiga 679 mln 800 ming soʻm moddiy zarar yetkazilgan.

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan ayiq va toʻngʻizlarni noqonuniy ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Samarqand va Surxondaryo viloyatlari Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan reyd chogʻida “Niva Legend” rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirilganda uning yukxonasidagi 8 ta qopda bir bosh ayiq va 3 bosh yovvoyi choʻchqaning tana boʻlaklari aniqlangan.

Shuningdek, mashinada besh dona turli rusumdagi stvolli ov qurollari, oʻq-dorilar, durbinlar, ovoz pasaytiruvchi moslamalar (glushitel), pichoqlar, fonarlar, bolta va boshqa buyumlar borligi ma’lum boʻlgan.

Huquqbuzarlar Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududida Qizil kitobga kiritilgan Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi va 3 bosh toʻngʻizni noqonuniy ovlagani oqibatida hayvonot dunyosiga 679 mln 800 ming soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Xabarga koʻra, ov qurollari, oʻq-dorilar, ruxsatnomalar va ovchilik guvohnomalari vaqtincha saqlash uchun Samarqand viloyati IIBga topshirilgan, transport vositasi esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Huquqbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.