Surxondaryo viloyatida avtomobil yoʻliga togʻ jinslari qulab tushdi

Surxondaryo viloyatida avtomobil yoʻliga togʻ jinslari qulab tushdi
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi 75V040 avtomobil yoʻliga togʻ jinslari qulab tushdi. Hodisa 24 oktyabr kuni soat 03:30 larda trassaning 21 va 22-kilometrlari oraligʻidagi uchastkada yuz berdi.
Surxondaryo viloyati hokimligi maʼlum qilishicha, yoʻlni tozalash uchun tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, davlat yoʻl xizmati xodimlari va maxsus texnika jalb etildi. Soat 07:30 ga kelib, uchastka togʻ jinslaridan toʻliq tozalandi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, transport vositalariga shikast yetgani qayd etilmadi, yoʻldagi harakat esa toʻliq tiklandi.
Avvalroq Qashqadaryo viloyatida sel oqimi ichida ikki kishi boʻlgan Damas avtomobilini oqizib ketgan edi. Xaydovchi chiqib olishga muvaffaq boʻlgan, biroq mashinada boʻlgan yoʻlovchi halok boʻlgan.

