Surxondaryoda 52 kilodan ziyod giyohvandlik vositalarini olib kirishga urinish fosh qilindi
Nazorat tekshiruvi chogʻida transport vositasi tirkamasining pol qismi tagiga 98 dona oʻram yashirilganligi aniqlangan. Bojxona postidagi inspeksion rentgen qurilmasini chalgʻitish maqsadida mazkur oʻramlar polietilen, zarqogʻoz va skotch bilan toʻrt qavat qilib qadoqlangan.

Surxondaryoda 52 kilodan ortiq giyohvandlik vositalarini olib kirishga urinish aniqlandi
Bojxona qoʻmitasining Kun.uz’ga bildirgan maʼlumotiga koʻra, 1-oktabr kuni soat 22:30 da Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Ayritom” chegara bojxona postiga Afgʻonistondan kirib kelgan boʻsh yuk avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotganda kinolog xizmat itining belgi berishi bojxona xodimlari eʼtiborini tortgan.
Shundan keyin Termiz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi ushbu yuk avtotransport vositasi chuqurlashtirilgan bojxona nazoratiga olingan.
Nazorat tekshiruvi vaqtida transport vositasi tirkamasining pol qismi ostiga 98 dona oʻram yashirilgani aniqlangan.
Bojxona postidagi inspeksion rentgen qurilmasini chalgʻitish maqsadida bu oʻramlar polietilen, zarqogʻoz va skotch bilan toʻrt qatlam qilib qadoqlangan.
Oʻramlar ochib koʻrilganda, ularning 79 tasiga “gashish”, 19 tasiga esa “opiy” giyohvandlik vositasi joylangani maʼlum boʻlgan.
Ularning ogʻirligi oʻrami bilan birga hisoblanganda gashish 42 kg 335 grammni, opiy 10 kg 260 grammni, jami esa 52 kg 595 grammni tashkil etadi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda, bunda asosiy eʼtibor ushbu giyohvandlik vositalarini qabul qiluvchi shaxslarni aniqlashga qaratilgan.

