Sport

Superligada gollar shousi: “Qizilqum” “Buxoro”ni mag‘lub etdi

Superligada gollar shousi: “Qizilqum” “Buxoro”ni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuv yakuniga yetdi. Kunning oxirgi o‘yinida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi “Buxoro” klubini qabul qildi.

Bahsning birinchi bo‘limidagi 40-daqiqada mezbonlar hisobni ochdi. “Buxoro” himoyachisi Xurshidbek Muxtorov o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. Uchrashuvning 52-daqiqasida “Qizilqum” yarimhimoyachisi Jambuli Jiagauri gol kiritib, farqni ikkitaga yetkazdi. 64-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni yiriklashtirdi. 73-daqiqada “Buxoro” futbolchisi Sherzod Esanov hisobni qisqartirdi. Zaxiradan maydonga tushgan Nika Kachavara 77-daqiqada hisobni 3:2 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va “Qizilqum” 3 ochkoga ega bo‘ldi — 3:2.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Qiziqum” 26 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. “Buxoro” esa 34 ochko bilan 4-pog‘onada joylashgan.

“Qizilqum” 21-tur doirasida “Dinamo” maydoniga safar qiladi. “Buxoro” esa “Navbahor” jamoasi bilan bahs olib boradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.