Sport

Superliga. “Qo‘qon-1912” “Buxoro” bilan durang o‘ynadi

Superliga. "Qo'qon-1912" "Buxoro" bilan durang o'ynadi

O'zbekiston Superligasining 19-turidan o'rin olgan navbatdagi futbol uchrashuvi yakunlandi. Unda "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

O'yinning ikkinchi bo'limi 49-daqiqasida mezbonlar yarimhimoyachisi Javohir Siddiqov penaltidan hisobni ochdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida "Buxoro" himoyachisi Sardor Qulmatov raqib futbolchisi G'ulom-Haydar G'ulomovning libosidan tortgani uchun ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Mehmonlar bir kishi kam bo'lishiga qaramay, 90+2-daqiqada Shahzod Ubaydullayevning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Shu tariqa, bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Ushbu durangdan so'ng "Qo'qon-1912" 19 ochko bilan turnir jadvalida 13-o'ringa ko'tarildi. "Buxoro" esa 34 ochko bilan 3-o'rinda joylashgan.

"Qo'qon-1912" 20-tur doirasida "Dinamo" bilan bahs olib boradi. "Buxoro" esa "Qizilqum" maydoniga safar qiladi.

O'zbekiston Superligasi, 19-tur

"Qo'qon-1912" — "Buxoro" 1:1

Gollar: 1:0 — Siddiqov, penalti (49), 1:1 — Ubaydullayev (90+2).

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.