Superligada avtogollar kuni: “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi

Superligada avtogollar ko‘p bo‘lgan kun: “Qo‘qon-1912” o‘z uyida “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turidagi yettinchi o‘yin yakunlandi. Unda “Qo‘qon-1912” jamoasi Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qildi.
Birinchi bo‘limning 8-daqiqasida mezbonlar hisobni ochdi. “Temiryo‘lchilar” himoyachisi Oleksandr Kucherenko o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas “Qo‘qon-1912” jamoasi hujumchisi Silvanus Nimeli farqni ikkitaga oshirdi. Asosiy vaqtning so‘nggi 10 daqiqasida mehmonlar hisobni qisqartirdi. Oleg Zoteyevning zarbasidan so‘ng qo‘qonliklar yarimhimoyachisi Shota Gvaraza o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. — 2:1.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Qo‘qon-1912” 15 ochko bilan turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. “Lokomotiv” esa 28 ochko bilan 7-o‘rindan joy olgan.
“Qo‘qon-1912” 18-tur doirasida mehmonda “Bunyodkor” bilan bahs olib boradi. “Lokomotiv” esa “Xorazm” jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
O‘zbekiston Superligasi, 17-tur
“Qo‘qon-1912” — “Lokomotiv” 2:1
Gollar: 1:0 — Kucherenko, avtogol (8), 2:0 — Nimeli (12), 2:1 — Gvaraza, avtogol (12)

