Superliga. “Qo‘qon-1912” Toshkentda, “Lokomotiv” esa Xorazmda g‘alaba qozondi

Superliga: "Qo‘qon-1912" Toshkentda, "Lokomotiv" Xorazmda g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan ikkita o‘yin yakunlandi.
**"Bunyodkor" — "Qo‘qon-1912"**
Toshkentda "Bunyodkor" o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qildi. Mehmonlar minimal hisobda g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq "Qo‘qon-1912" hujumchisi Shota Gvaraza hisobni ochdi. O‘yinning qolgan qismida hisob o‘zgarmadi va "Qo‘qon-1912" safarda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Bu g‘alabadan so‘ng "Qo‘qon-1912" 18 ochko bilan turnir jadvalida 15-o‘ringa ko‘tarildi. "Bunyodkor" esa 19 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.
Keyingi turda "Bunyodkor" safarda "Lokomotiv" bilan, "Qo‘qon-1912" esa "Buxoro"ga qarshi o‘ynaydi.
**O‘zbekiston Superligasi, 18-tur**
**"Bunyodkor" — "Qo‘qon-1912" 0:1**
**Gol:** 0:1 — Gvaraza (3).
**"Xorazm" — "Lokomotiv"**
Turning yana bir bahsi Xorazmda bo‘lib o‘tdi. Unda "Xorazm" "Lokomotiv" bilan kuch sinashdi.
Birinchi bo‘limning 7-daqiqasida Quvochbek Abrayev penaltidan gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, mezbonlar hisobni tenglashtirdi: Sunnatillo Hamidjonov jarimadan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida mehmonlar vingeri Suhrob Nurulloyev "temiryo‘lchilar"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 77-daqiqada "Lokomotiv" hujumchisi Jasur Yaxshiboyev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 1:3.
Bu g‘alabadan so‘ng "Lokomotiv" 28 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. "Xorazm" esa 20 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.
Keyingi turda "Xorazm" "Andijon"ga safar qiladi. "Lokomotiv" esa "Bunyodkor" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
**O‘zbekiston Superligasi, 18-tur**
**"Xorazm" — "Lokomotiv" 1:3**
**Gollar:** 0:1 — Abrayev, penalti (7), 1:1 — Hamidjonov (18), 1:2 — Nurulloyev (47), 1:3 — Yaxshiboyev (77).

