Siyosat

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 35 yoshdan 30 yoshga tushirilishi mumkin

Sudyalik lavozimiga nomzodlar uchun yosh senzini 35 yoshdan 30 yoshga tushirish taklif etilmoqda. Shuningdek, sudyalarni dastlab 5 yilga, keyin muddatsiz tayinlash va iste’fodagi sudyalarga professional mediatorlik bilan shug‘ullanish huquqini berish ko‘zda tutilmoqda.

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzini 35 yoshdan 30 yoshga tushirish mumkin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 8-sentabr kuni o‘tkazilgan majlisida “Sudyalarning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida sudyalik lavozimiga nomzodlar uchun ayrim talablarni qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. Jumladan, sudyalar va xalq maslahatchilari uchun yosh senzini 35 yoshdan 30 yoshga tushirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, sudyani avval 5 yilga, keyin esa muddatsiz muddatga tayinlash tartibini joriy etish taklif qilinmoqda. Sudya, sud raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga qo‘yiladigan talablar ham kuchaytiriladi.

Loyihada sudyalar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga doir normalar ham belgilangan.

“Iste’fodagi sudya” institutini joriy etish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunday sudyalarga professional mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilishi mumkin.

Bundan tashqari, Oliy sud va quyi sudlar apparati faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan bir qator normalar ham kiritilmoqda.

Majlis yakunida qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Uni ikkinchi o‘qishga tayyorlashda deputatlar bildirgan taklif va tavsiyalar inobatga olinishi ta’kidlandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.