Sud «Oʻzbekneftgaz»ga qoʻllanilgan ekologik kompensatsiya miqdorini 13 ming baravarga kamaytirdi
Qashqadaryo viloyat Ekologiya boshqarmasining Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish birlashmasiga qarshi 8,8 mlrd soʻmlik daʼvosining asosiy qismi rad etildi. Sud nazorat organi tekshiruv predmetidan chetga chiqqani va hisob-kitoblar dalillar bilan tasdiqlanmaganini qayd etgan. Oqibatda undirilishi lozim boʻlgan summa 676 ming soʻmgacha kamaydi.

Sud «Oʻzbekneftgaz»ga qoʻllangan ekologik kompensatsiya miqdorini 13 ming baravarga kamaytirdi
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidan 8,8 mlrd soʻmlik ekologik kompensatsiya undirish haqidagi daʼvosi sud tomonidan qanoatlantirilmadi.
Sud jarayonida nazorat qiluvchi organ tekshiruv doirasidan chiqib ketgani, shuningdek, daʼvoning asosiy qismi bo‘yicha hisob-kitoblar yetarli dalillar bilan tasdiqlanmagani aniqlangan. Bundan tashqari, qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi ham inobatga olingan.
Natijada sud 8,8 mlrd soʻmlik daʼvoning asosiy qismini rad etdi. Hal qiluv qaroriga ko‘ra, faqat 676 ming 133 soʻm kompensatsiya toʻlovi undirilishi belgilandi.

