Sud Marat Hamdamovni qamoqqa olişga sanksiya berdi
Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi 2-noyabr kuni Imarat Development quriliş loyihasi rahbari Marat Hamdamovga “qamoq” ehtiyot çorasi qöllaş haqida ajrim çiqardi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Sud Marat Hamdamovni qamoqqa olishga sanksiya berdi.
Marat Hamdamov avvalroq protsessual tartibda qo‘lga olingan edi.
Mazkur jinoyat ishi 1-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 192-moddasi (Vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan qo‘zg‘atilgan.
“Imarat Development” MChJ qurilishi belgilangan xonadonlarni mijozlarga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda topshirmagani aytilmoqda.
Shuningdek, xaridorlar kompaniyaning loyihalaridan biri Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida amalga oshirilayotganiga qaramay, go‘yoki poytaxtda joylashgandek taqdimot qilinganini aytishgan.

