Soliq qarzi ko‘p bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari ma’lum qilindi
Yil boshidan buyon ishlab chiqarish sohasida 100 mln so‘mdan ortiq soliq qarzi bor 1,3 mingta

Soliq qarzi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari e’lon qilindi
Soliq qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2026-yil 1-oktyabr holatida ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi 100 mln so‘mdan oshgan 1 340 ta korxona mavjud. Ularning umumiy soliq qarzi 2 trln 593,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shu summaning 870 mlrd so‘mi, ya’ni jami qarzning 33,5 foizi soliq qarzi eng yuqori bo‘lgan 10 ta korxona ulushiga to‘g‘ri keladi.
Ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi eng katta korxona «SHAFFOF METAN SANOAT» MChJ bo‘lib, uning qarzi 195,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida joylashgan ushbu korxona reytingda birinchi o‘rinni egallagan.
«MODERN PRO-IMPEX» MChJ 104,3 mlrd so‘m qarz bilan ikkinchi, Toshkent viloyatidagi «HEBS NOVA STROY» MChJ esa 96,8 mlrd so‘m bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Keyingi pog‘onalarda Toshkent viloyatidagi «PERFECT CULLINAN» MChJ — 91,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatidagi «JIZZAX REGION METAL» MChJ — 82,4 mlrd so‘m va «SILIKON COLOR» MChJ — 72,8 mlrd so‘m qarz bilan joylashgan.
Shuningdek, «SHARG‘UN KO‘MIR» AJning qarzi 61,5 mlrd so‘mni, «JO‘RABEK AVLODI» MChJniki 57,7 mlrd so‘mni, «QUIET SABA» MChJniki 56,4 mlrd so‘mni va «SHEROBOD SEMENT ZAVODI» MChJniki 51,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Hududlar kesimida eng katta soliq qarzi Toshkent viloyatida qayd etilgan. Bu yerda 213 ta korxonaning jami qarzi 583,8 mlrd so‘mga yetgan. Andijon viloyatida 163 ta korxonaning qarzi 417,4 mlrd so‘mni, Farg‘ona viloyatida 102 ta korxonaniki 351,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Toshkent shahrida 130 ta korxonaning qarzi 262,3 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 64 ta korxonaniki 147,4 mlrd so‘m bo‘lgan. Surxondaryo viloyatida 52 ta korxona 112,5 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 76 ta korxona 97,3 mlrd so‘m qarzdorlikka ega.
Samarqand viloyatida 123 ta korxonaning qarzi 98 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 97 ta korxonaniki 80 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 85 ta korxonaniki 70,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Sirdaryo viloyatida 45 ta korxonaning qarzi 68,3 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyatida 49 ta korxonaniki 56,3 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 67 ta korxonaniki 49,3 mlrd so‘m va Xorazm viloyatida 67 ta korxonaniki 45,9 mlrd so‘m bo‘lgan.

