Soatiga 100 kilometr: AQŞda politsiya «uçar elektromobil»dan foydalanmoqçi
Florida politexnika universiteti politsiyasi kampus hududini patrullaş va favqulodda hodisalarga tezkor yetib boriş uçun Jetson ONE elektr uçiş apparatidan foydalanişni rejalaştirmoqda. Bir kişilik apparat tik kötarilib, tik qöna oladi va soatiga 100 kilometrgaça tezlikka erişadi.

Soatiga 100 kilometr: AQŞda politsiya «uçar elektromobil»dan foydalanmoqçi
Universitet xabariga görä, Jetson ONE politsiya xodimlariga oddiy patrul avtomobilida boriş qiyin bölgan hududlarga yetib borish imkonini berishi kutilmoqda. «Uçar elektromobil» deb taʼriflanayotgan bu qurilma uchuvchi boshqaradigan elektr letatel apparatidir.
Kaliforniyada joylashgan Jetson kompaniyasi apparatni olish uchun uch yillik navbat mavjud bo‘lishiga qaramay, universitet buyurtmasini tezlashtirdi.
Kompaniya bosh direktori Stefan Dʼxayenening aytishicha, universitetning muhandislikka ixtisoslashgani va jamoat xavfsizligi sohasidagi vazifalari loyihani ustuvor deb belgilashga asos bo‘lgan.
Jetson shu paytgacha asosan hordiq chiqarish maqsadida parvoz qiluvchi xaridorlarga eʼtibor qaratib kelgan. Endi kompaniya texnikasidan amaliy vazifalarda foydalanish imkoniyatlarini ham o‘rganmoqchi. Universitet politsiyasi bilan loyiha apparatning xizmat sharoitidagi imkoniyatlarini baholashga yordam berishi kutilmoqda.
Jetson ONE sakkizta elektr dvigatel bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchi maʼlumotiga ko‘ra, u soatiga 100 kilometrgacha tezlikda ucha oladi va havoda taxminan 20 daqiqa qolishi mumkin.
Apparatning akkumulyatorlar bilan birga og‘irligi qariyb 115 kilogrammni tashkil etadi. Unda ballistik parashyut va avtomatik qo‘nish funksiyasi ham mavjud.
Loyiha shaxsiy elektr uchish apparatlaridan ko‘ngilochar parvozlardan tashqari, patrullik va favqulodda vaziyatlarga javob berish kabi vazifalarda foydalanish imkoniyatini sinab ko‘rishga qaratilgan.

