Mahalliy

Sirdaryoda xodimlarni dam olish kunlari ishga majburan jalb qilgan bo‘lim boshlig‘i jarimaga tortildi

Sirdaryoda xodimlarni dam olish kunlari ishga majburan jalb qilgan bo‘lim boshlig‘i jarimaga tortildi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani suv ta’minoti bo‘limi boshlig‘i xodimlarni dam olish kunlarida ishga jalb qilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ombudsman idorasi ushbu holatni o‘rgandi.

Qayd etilishicha, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakiliga “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Xovos tuman bo‘limi xodimlari dam olish va bayram kunlari majburan ishga jalb qilinayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan. Murojaat ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.

Tekshiruv jarayonida xodimlarning tushuntirish xatlari, Telegram tarmog‘idagi videolar va ishga chiqishga chaqirilgan audioyozuvlar ko‘rib chiqildi. Natijada xodimlarning dam olish kunlari ishga jalb qilingani tasdiqlandi.

O‘rganish yakuniga ko‘ra, bo‘lim boshlig‘i A.P.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bo‘lim boshlig‘iga 41 million 200 ming so‘m jarima belgilandi.

Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holatlarda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilgani va Mehnat kodeksining 5-moddasi talablari buzilganini aniqladi.

Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari G.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga (mehnatga maʼmuriy tarzda majburlash) asosan BHMning 50 baravari — 20,6 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.