Mahalliy

Sirdaryoda bankomatni bolta bilan ochmoqchi bo‘lgan o‘smir qo‘lga olindi

Sirdaryoda bankomatni bolta bilan buzmoqchi bo‘lgan o‘smir ushlandi

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida tungi paytda bankomatni buzib, undagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Voqea 12-sentyabr kuni soat 03:16 atrofida Guliston tumani “Oltin vodiy” MFYdagi Komiliy ko‘chasida yuz bergan. Inkassatsiya xizmati MCHJga tegishli bankomatdan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati monitoring markaziga tashvish signali kelib tushgan.

Tekshiruv vaqtida bankomat yonida yuzini yashirgan, qo‘lida bolta va boshqa ashyolar bo‘lgan shaxs bankomatning tashqi qismini buzishga urinayotgani aniqlangan. Qo‘riqlash xizmati xodimlarini ko‘rgan gumonlanuvchi voqea joyidan qochishga harakat qilgan, biroq tezkor guruh sa’y-harakatlari bilan ushlangan.

Surishtiruvda ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs Guliston tumanida yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan D.S. ekani ma’lum bo‘lgan. U belgilangan tartibda tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.