Mahalliy

“Minnatdorchilik tariqasida oldim” – Sirdaryoda pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi pora bilan qoʻlga olingan. U pul evaziga oʻz koʻrayotgan iqtisodiy ishni tadbirkor foydasiga hal qilib berishni vaʼda qilgan. Sudya bilan birga “Agrobank”ning Guliston filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan shaxs ham jinoiy jazoga tortildi.

“Minnatdorchilik tariqasida oldim” – Sirdaryoda pora bilan ushlangan sudya 6 yilga qamaldi

Sirdaryoda pora bilan ushlangan sudya hamda bankda ishlagan mansabdorga hukm chiqarildi.

Sud qaroriga ko‘ra, 39 yoshli E.S. Sirdaryo viloyati sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi bo‘lib ishlagan, 40 yoshli D.T. esa “Agrobank”ning Guliston filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Ikki sudlanuvchi avvaldan bir-birini tanigan.

Hududdagi MChJlardan birining rahbari Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining avtostansiya binosini buzish haqidagi hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, Sirdaryo viloyati sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya shikoyati bergan. D.T. ushbu MChJ rahbari bilan tanish bo‘lgan.

Shu tariqa, sudya va bank mansabdori til biriktirgan: D.T. MChJ rahbarini pul bermagani uchun sud muhokamasi keyinga qoldirilayotganiga ishontirgan. U ishni 8 ming dollar evaziga ijobiy hal qilib berishini aytgan. O‘z navbatida sudya sud muhokamasini noqonuniy ravishda 5-marta qoldirgan. Shundan keyin D.T. 2026-yil 6-aprel kuni MChJ rahbaridan 2 ming dollar olgan.

Sudya o‘z harakatini davom ettirib, pul mablag‘lari to‘liq bo‘lmagani sababli 2026-yil 9-aprel kuni yetarli asoslarsiz sud muhokamasiga tanaffus e’lon qilgan. 2026-yil 13-aprelda D.T. MChJ rahbaridan yana 5,5 ming dollar olgan. E.S. shu zahoti Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining noqonuniy qurilishni buzdirish haqidagi hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni MChJ rahbari foydasiga ijobiy hal qilib bergan. Qo‘lga kiritilgan 7,5 ming dollar pul esa o‘zaro taqsimlab olingan.

MChJ rahbarining arizasi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda pul mablag‘larining 3 600 dollari E.S.dan, 3 900 dollari D.T.dan ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Sudya sud majlisida o‘z aybiga qisman iqrorlik bildirgan hamda pulni pora sifatida emas, moddiy rag‘batlantirish deb olganini aytgan.

D.T. menga MChJ rahbari tanishi ekanini, birinchi instansiya sudining qarori noqonuniy bo‘lganini, tanishi rahbarligidagi jamiyat tomonidan bino o‘zboshimchalik bilan qurilmaganini aytdi va shu masalada qonuniy yordam so‘radi. Shundan so‘ng, kassatsiya shikoyatini ish yurituvimga qabul qilib, sud muhokamasiga tayinladim.

2026-yil 13-aprelda Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, da’vogar da’vosini rad qilish to‘g‘risida yangi qaror e’lon qildim. Lekin birinchi instansiya sudining qarorini bekor qilishga kassatsiya shikoyatida ko‘rsatilgan vajlar asos bo‘lmadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.