Mahalliy

Sirdaryo viloyatida narkolaboratoriya fosh etildi. Video

Sirdaryo viloyatida narkolaboratoriya tugatildi. Video

Gulistonda Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uch nafar mahalliy turgʻun kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qayta ishlab, sotishga tayyorlagan narkolaboratoriyani aniqladi.

DXX maʼlumotlariga koʻra, 21 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan uch nafar mahalliy turgʻun laboratoriyani koʻp qavatli uydagi xonadonda tashkil etgan. Xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tintuv davomida 5,863 kilogramm pregabalin, shuningdek, 100 ming dona boʻsh kapsula, elektron tarozi, tibbiy qoʻlqoplar va boshqa buyumlar musodara qilindi.

Ushbu holat yuzasidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Toshkentda Xitoydan ichida deyarli 25 kilogramm pregabalin boʻlgan joʻnatmani qabul qilib olgan ikki erkak qoʻlga olingan edi. Kuchli taʼsir qiluvchi modda kuryerlik kompaniyasi ofisida joʻnatma tekshirilganda aniqlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.