Sport

Sindorov va Assaubayeva — FIDE Circuit reytingida peshqadam

**Sindorov va Assaubayeva FIDE Circuit reytingida yetakchilik qilmoqda**

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2026-yilgi FIDE Circuit aylanma tizimi bo‘yicha shaxmatchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

AQSHda bo‘lib o‘tgan Grand Chess Tour seriyasining Saint Louis Rapid & Blitz 2026 va Sinquefield Cup 2026 musobaqalari yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Sinquefield Cup 2026 turnirida g‘olib chiqqan amerikalik shaxmatchi Uesli So ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov Fransiyadagi Esports World Cup turniridagi omadsiz ishtirokidan so‘ng uchinchi pog‘onaga tushib ketdi.

FIDE Circuit ayollar reytingida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. AQSHdagi Cairns Cup turniri yakuniga ko‘ra, qozog‘istonlik Bibisora Assaubayeva o‘zining birinchi o‘rindagi mavqeini saqlab qoldi. Xitoylik Ju Jiner ikkinchi, avvalgi yetakchi Vaishali Rameshbabu esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki natijasida o‘zbekistonlik grossmeyster Afruza Hamdamova reytingning kuchli o‘nligidan joy oldi.

Ma’lumot o‘rnida, FIDE Circuit reytingi peshqadami 2028-yilgi Nomzodlar turniriga yo‘llanma oladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.