Sport

FIDE reytingi yangilandi. Sindorov o‘z o‘rnida, Abdusattorovda pasayish kuzatildi

FIDE reytingi yangilandi: Sindorov o‘z o‘rnini saqlab qoldi, Abdusattorovda pasayish kuzatildi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2026-yil iyul oyi yakunlari bo‘yicha dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatini yangiladi. Ushbu yangilangan reytingda O‘zbekistondan jami 5 nafar grossmeyster kuchli yuztalikdan joy oldi.

Reytingda Magnus Karlsen (2823 ochko) hali ham peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni AQSH vakillari Fabiano Karuana (2792 ochko) hamda Hikaru Nakamura (2792 ochko) egallagan.

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning natijalari quyidagicha:

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Javohir Sindorov 2777 ochko bilan Jahon reytingida 4-o‘rinni band etgan. O‘zbekistonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov esa 2762 ochko bilan FIDE reytingida 8-pog‘onadan joy olgan.

Kuchli 100 talikdan yana uch nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin olgan:

* Nodirbek Yoqubboyev — 2685 ochko (39-o‘rin);

* Rustam Qosimjonov — 2665 ochko (52-o‘rin);

* Shamsiddin Vohidov — 2655 ochko (61-o‘rin).

Ayollar o‘rtasidagi Top-100 talikda ham sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Afruza Hamdamova o‘z ochkolarini 2440 taga yetkazib, 26-o‘ringa ko‘tarildi. Gulruhbegim Tohirjonova esa 2355 ochko bilan 82-o‘rinni band etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.