Shaxmat olimpiadasi. Oʻzbekiston AQShdan ustun keldi
Oʻzbekistonning asosiy jamoasi 16 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Oʻzbekiston-2 jamoasi ham Niderlandiya bilan oʻyinda gʻalaba qozondi va ochkolari sonini 15 taga yetkazib, asosiy jamoani taʼqib qilmoqda.

**Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston AQShni magʻlub etdi**
Samarqandda davom etayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 9-tur uchrashuvlari Oʻzbekiston vakillari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Oʻzbekiston erkaklar asosiy jamoasi avvalgi turda Germaniyaga uchragan magʻlubiyatdan soʻng oʻziga kelib, turnir favoritlaridan biri hisoblangan AQSH ustidan gʻalaba qozondi.
Muhiddin Madaminov kuchli raqib Levon Aroyan bilan durang oʻynadi (u oʻtgan turda yutqazib qoʻygan Shamsiddin Vohidov oʻrniga tushgandi).
Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida uchinchi oʻrinda turuvchi Fabiano Kuruanani taslim boʻlishga majbur qildi.
Javohir Sindarov yana bir mashhur shaxmatchi Uesli So bilan kechgan bahsda murakkab vaziyatga tushib qoldi va oxir-oqibat undan chiqib keta olmadi, natijada hisob tenglashdi: 1,5-1,5.
Oʻtgan turda magʻlub boʻlgan ushbu shaxmatchi esa bu safar ishonchni oqladi va Hans Nimannga qarshi oʻta qiyin kechgan partiyada gʻalabani oʻz tomoniga ogʻdira oldi. Yakuniy hisob 2,5-1,5 boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston asosiy jamoasi 9 turdan soʻng 16 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Oʻzbekiston-2 jamoasi ham bu turni ishonchli oʻtkazdi.
Ushbu jamoa oʻtgan turda Angliya ustidan 2,5-1,5 hisobida gʻalaba qozonib, kuchli oʻnlikka kirib olgandi.
Tur oldidan 13 ochko bilan 4-oʻrinda turgan Niderlandiyaga qarshi bahsda ham bu jamoa yaqqol ustunlik qilib, gʻalabaga erishdi.
**Oʻzbekiston-2 – Niderlandiya 3,5:0,5**
Muhammadzohid Suyarov – Loek van Veli 1:0
Jahongir Vohidov – Anish Giri 1:0
Ortiq Nigʻmatov – Ervin LʼAmini 1:0

