Shaxmat. BAAda U20 Jahon Rapid va Blitz chempionati bo‘lib o‘tadi
Musobaqada O‘zbekiston nomidan jami 7 nafar shaxmatchi ishtirok etadi.

Shaxmat. BAAda U20 Jahon Rapid va Blitz chempionati o‘tkaziladi
2–6-noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al Ayn shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Jahon Rapid va Blitz chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnirda Open va Girls yo‘nalishlarida jahon chempionligi uchun bahslar kechadi.
O‘zbekiston nomidan Open bo‘limida Suyarov Muhammadzohid, Begmuratov Humoyun, Abdurasulov Muzaffarjon va Tohirjonov Usmonxon qatnashadi.
Girls bo‘limida esa Hamdamova Afruza, Omonova Umida va Imomqo‘zieva Nilufarxon O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
U20 Jahon Rapid va Blitz chempionatining umumiy mukofot jamg‘armasi 33 200 AQSH dollarini tashkil etadi.
Musobaqa formati quyidagicha:
Rapid: 2–4-noyabr, 9 tur, 15 daqiqa + har yurishga 10 soniya;
Blitz: 5–6-noyabr, 13 tur, 3 daqiqa + har yurishga 2 soniya.

