O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionati-2027 sanalari ma’lum qilindi
Unga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi mundial 2027-yilning 17-sentyabridan 9-oktyabriga qadar bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati-2027 sanalari e’lon qilindi
2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonligida o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionatining sanalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi mundial 2027-yil 17-sentyabrdan 9-oktyabrgacha davom etadi. Nufuzli musobaqada dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari Jahon chempionati yo‘lida bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, U-20 Jahon chempionati har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan turnir hisoblanadi. So‘nggi musobaqa 2025-yil sentyabr-oktyabr oylarida Chili maydonlarida bo‘lib o‘tdi. Unda Marokash yoshlari g‘olib chiqdi.

