Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev yana ikki qo‘shni davlat TIV rahbarlarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan «C5+1» formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi doirasida Qirg‘iziston tashqi

Shavkat Mirziyoyev yana ikki qo‘shni davlat TIV rahbarlarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan «C5+1» formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi doirasida Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev hamda Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi.

Qirg‘iziston TIV rahbari bilan bo‘lgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Prezidentning joriy yil iyul oyida Qirg‘izistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro savdo aylanmasi oshib borayotganini, korxonalar va hududlar o‘rtasidagi hamkorlik kengayayotganini, shuningdek, energetika va transport yo‘nalishlarida yirik loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan muloqotda esa savdo, transport, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Har ikki uchrashuvda ham Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.