Mahalliy

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitim imzoladi

O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari tomonidan Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Hujjat siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish hamda ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam institutsional asos yaratishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tashkil etish haqidagi bitimni imzoladi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi.

Suhbat boshida O‘zbekiston rahbari Serdar Berdimuhamedovni Turkmaniston mustaqilligining 35 yilligi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi hamda MDHdagi samarali raisligi bilan tabrikladi.

O‘zbekiston — Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikdagi ijobiy dinamika qayd etildi. Yil boshidan beri tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib borayotgani, “Shovot — Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli ishlayotgani ta’kidlandi.

O‘zaro savdo hajmini bir necha barobar ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hamda sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda Kooperatsiya dasturini qabul qilish va uni ikki mamlakat hududlari darajasida ham amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Mazkur hujjat siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish hamda ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam institutsional asos yaratadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.