Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda «C5+1» uchrashuviga kelgan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi. Suhbatlarda oʻzaro savdo, kooperatsiya loyihalari va oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi

Bugun, 19-oktabr kuni Samarqandda «Markaziy Osiyo – AQSH» mintaqaviy muloqoti doirasida tashqi ishlar vazirlarining «C5+1» formatidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan Mirziyoyev to‘rt vazir bilan alohida-alohida uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Butun dunyo Markaziy Osiyoni yagona kuch sifatida qabul etmoqda», dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Suhbatlarda mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tilovberdi bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Prezident administratsiyalari, parlamentlar, hukumatlar va hududlar darajasidagi faol aloqalar yuksak baholandi. Qayd etilishicha, tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘smoqda, sanoat, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Tomonlar kelgusi yil uchun tadbirlar rejasini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan suhbatda asosiy e’tibor 2026-yil iyulida Qirg‘izistonga qilgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosiga qaratildi. Energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalar ham tilga olindi. Kelgusi yilga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar tadbirlar va hududlararo almashinuvlar rejasini qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlar doirasida ikki davlat ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, o‘zaro savdo va yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligidagi kooperatsiya loyihalari esa faol bosqichga kirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.