Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan hamda Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani ta’kidlandi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat yo‘nalishlarida bir qator loyihalar amalga oshirilgani qayd etildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatida ustuvor yo‘nalishlar sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan hamda yangi loyihalarni tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

