Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev 7-sentyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.

Prezident matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yuqori martabali mehmon davlat rahbariga XXR raisi Si Szinpinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik hamda amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston—Xitoy barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga koʻtarilgani qayd etildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi izchil oshib borayotgani, Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qoʻshma loyihalar va korxonalar soni ortayotgani taʼkidlandi. Parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Oliy va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

6-sentyabr kuni Lyu Xaysin Samarqandda “Markaziy Osiyo – Xitoy” siyosiy partiyalari muloqoti doirasida “Markaziy Osiyo – Xitoy mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishida siyosiy partiyalarning o‘rni” mavzusida konferensiyada ishtirok etgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.