Dunyo

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 22-sentyabr kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga o‘z salomini yo‘lladi. Serdar Berdimuhamedov esa o‘z navbatida davlat rahbariga turkman xalqining milliy yetakchisi nomidan eng ezgu tilaklarni yetkazdi.

Suhbat chog‘ida Oʻzbekiston–Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik aloqalarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib borayotgani, energetika, transport va boshqa muhim yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. “Shovot–Toshhovuz” qo‘shma savdo zonasining samarali ishlashini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi ayrim masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi hamda Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi. Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti va xalqini yaqin kunlarda nishonlanadigan milliy bayram — Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Serdar Berdimuhamedov Turkmanistonga 2022-yildan buyon prezidentlik qilib kelmoqda. U 22-sentyabr kuni 45 yoshni qarshi oldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.