Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi yangilangan koʻcha boʻylab sayr qildi

Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi yangilangan koʻcha boʻylab sayr qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahridagi yangilangan koʻcha bo‘ylab piyoda yurdi.

Shaharning Gʻaresizlik, S.Kamalov va Gʻ.Sheraziyeva koʻchalarida olib borilgan obodonlashtirish ishlari hisobiga aholi hamda shahar mehmonlari uchun qulay hordiq chiqarish muhiti yaratildi, savdo va koʻngilochar maskanlarning tun-u kun faoliyat yuritishi uchun sharoit shakllantirildi.

Ushbu ishlarga 2,2 milliard soʻm yoʻnaltirilib, koʻchalarning 2,5 kilometrlik qismi taʼmirlandi va infratuzilmasi yangilandi.

Piyodalar yoʻlaklari qurildi, oʻrindiqlar va chiqindi qutilari oʻrnatildi. Hududni tungi paytda yoritish uchun quyosh panellari yordamida ishlaydigan energiya tejamkor chiroqlar qoʻyildi. Yomgʻir suvlarini oqizish va suv toʻplanishining oldini olish maqsadida 1,5 kilometrlik tarmoq yangidan barpo etildi, mavjudlari esa modernizatsiya qilindi.

Yaratilgan imkoniyatlar tadbirkorlik faoliyatini ham faollashtirdi. Hududda 8 ta yangi tadbirkorlik subyekti ish boshladi, yana 10 tasi faoliyatini kengaytirdi. Natijada 75 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Davlat rahbari koʻcha boʻylab yurganida odamlar bilan samimiy suhbatlashdi, mamlakatda hukm surayotgan tinchlik eng qadrli neʼmat ekanini taʼkidlab, ezgu tilaklarini bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.