Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Nukus Insulation Group korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida joylashgan Nukus Insulation Group korxonasining faoliyati bilan tanishdi.

Korxonada mahalliy bazalt xomashyosidan zamonaviy issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarilmoqda.

Loyiha davlat rahbarining 2024-yil 9-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida amalga oshirilgan.

Umumiy qiymati 50 million dollar bo‘lgan korxonaga Yevropada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Ular mahalliy xomashyodan xalqaro standartlarga mos mahsulot tayyorlash imkonini beradi.

Korxonaning yiliga 300 milliard so‘mlik 50 ming tonna issiqlik izolyatsiyasi materiallari ishlab chiqarish quvvati bor. Bu yerda 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Bazalt asosidagi izolyatsiya materiallari yong‘inga chidamliligi, issiqlikni saqlash xususiyati va uzoq xizmat muddati bilan ajralib turadi. Ularning qurilishda qo‘llanishi bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish, isitish va sovitish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Davlat rahbari ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlar bilan tanishib, korxona jamoasi bilan samimiy suhbatlashdi. Shu yerning o‘zida Qoraqalpog‘iston tumanlariga biriktirilgan viloyatlar hokimlari o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Prezident viloyatlar ko‘magida ushbu tumanlarni qo‘llab-quvvatlash va obodonlashtirish ishlarini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Hududlar o‘rtasidagi aloqalar va ishlab chiqarish kooperatsiyasini mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan birgalikda foydalanib, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalarni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.