Dunyo

Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bog‘ini birgalikda ochib berdi

Shavkat Mirziyoyev TDT sammiti doirasida Anqaradagi madaniy tadbirlarda qatnashdi. Yetakchilar 'Beshtepa' majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bog‘ini ochib, ko‘chat ekdi hamda Malazgirt markazidagi tomoshalarga guvoh bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bog‘ini birgalikda ochib berdi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari va ularning rafiqalari ishtirokida TDTning Anqara sammiti doirasidagi madaniy dasturda qatnashdi.

Yetakchilar Anqara shahridagi “Beshtepa” majmuasida Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bog‘ini ochib berdi.

Bog‘da tashkil etilgan turkiy davlatlar pavilonlarida an’anaviy o‘tovlar va xalq amaliy san’ati namunalari namoyish etilmoqda.

Ular turkiy xalqlarning boy tarixiy-madaniy va me’moriy merosi, ilm-fan va ma’rifat sohasidagi yutuqlari, o‘ziga xos an’analari hamda hozirgi davrdagi taraqqiyotini aks ettiradi.

Davlat rahbarlari turkiy xalqlarning yozma yodgorligi hisoblangan qadimgi O‘rxun bitiklarining nusxasi bilan tanishdi. Shu yerning o‘zida milliy o‘yinlar, kamonchilar va tarixiy liboslardagi jangchilarning chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari eman ko‘chatlarini ekdi.

Shundan so‘ng yetakchilar Malazgirt markaziga tashrif buyurdi. Uning nomi turkiy xalqlar tarixida muhim ahamiyat kasb etgan 1071-yil 26-avgustdagi Malazgirt jangiga ishoradir.

Oliy martabali mehmonlarga chavandozlar, akrobatlar va kaskadyorlar, shuningdek, tashkilotga a’zo mamlakatlardan keltirilgan otlar ishtirokida epik tomosha namoyish etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.