Shahar boʻylab masxarabozni yetaklab yurishdi…
Taniqli bloger MrBeast’ning Samarqandga tashrifi tiqilinch keltirib chiqardi va tashkilotchilikka nisbatan savollar tugʻdirdi

Shaharda masxarabozni yetaklab yurishdi…
Dunyoga mashhur amerikalik videobloger MrBeast’ning Oʻzbekistonga tashrifi Samarqanddagi ommaviy tirbandlik va tartibsizliklar bilan yakunlandi. Kutilayotgan voqea anonslari tashrifdan bir necha kun avval mahalliy mediada faol tarqatildi va oqibatda uchrashuv joyiga minglab odamlar yopirildi. Koʻplab muxlislar oʻz kumirlarini toʻrt soatdan ortiq kutishdi, odamlar oqimi esa shahar harakatini deyarli falaj qilib qoʻydi va shiddatli tiqilinchga olib keldi.
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram’da eʼlon qilingan videolarda kumirni koʻrish uchun juda koʻp odam kelganini koʻrish mumkin. Baʼzi daqiqalarda MrBeast ishoralar bilan muxlislaridan oʻtib olishi uchun biroz chetga surilishlarini soʻragan. Bloger oʻtib olishi uchun Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi va IIV xodimlari jalb etilgan.
Shuningdek, bloger ijodining muxlislaridan biri YouTube’ga video joylab, millionlab odamlarning kumiri Samarqandga kelganiga ishona olmayotganini taʼkidlagan. U rolikka «MrBeast guruch yemoqda» trekini ilova qilgan.
Jamoatchilikning alohida eʼtiborini ushbu hodisada hukumatning tutgan oʻrni jalb etdi: mashhur shaxs tashrifining rasmiy koordinatsiyasini Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi amalga oshirgan edi. Davlat darajasidagi tadbir xavfsizlikni taʼminlashda jiddiy kamchiliklar bilan oʻtgani haqli tanqidlarga sabab boʻldi va sohaga masʼul idoralarning bu kabi ajiotajga tayyor emasligini koʻrsatdi.
Yuz bergan voqea, shuningdek, kuzatuvchilarni jamiyatdagi moʻljallar va madaniy qadriyatlar haqida oʻylab koʻrishga undadi. Mediamuhitda milliy meros va oʻzlikning betakrorligi haqidagi muntazam bayonotlar fonida, nega aynan Gʻarb internet-yulduzining kelishi fuqarolarda bunchalik jilovlab boʻlmas eyforiya va davlat apparati tomonidan yuqori eʼtibor uygʻotgani yuzasidan savollar paydo boʻldi.

