Bloger MrBeast bo‘yicha rasmiy bayonot e’lon qilindi
Aytilishicha, Jimmy Donaldson (MrBeast)ning O‘zbekistonga tashrifi avval-boshdanoq ikki shahar – Toshkent va Samarqandni o‘z ichiga

Bloger MrBeast yuzasidan rasmiy bayonot berildi
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi MrBeastning tashrifi borasida rasmiy bayonot e’lon qildi.
Unda aytilishicha, Jimmy Donaldson (MrBeast)ning O‘zbekistonga safari boshidan ikki shahar — Toshkent va Samarqandni qamrab olishi rejalashtirilgan edi. Dastur MrBeast jamoasi bilan oldindan kelishilgan va tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilgan.
Dasturning biror bandi bekor qilinmagan, jo‘nab ketish sanasi ham oldindan belgilangan edi.
Tasvirga olish guruhining qolgan a’zolari reja bo‘yicha O‘zbekistonning boshqa shaharlarida suratga olish ishlarini davom ettirmoqda.
Tashrifga oid aniq ma’lumotlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining rasmiy kanallarida e’lon qilib borilmoqda, deyiladi xabarda.

