Dunyo

Saşa Baron Koen «Borat» filmi uçun Qozoğistondan ilk bor uzr söradi

Qozoğistonliklar bu filmni 20 yil oldin çiqqanidayoq haqorat sifatida qabul qilişgandi. Aktyor esa bu obraz Qozoğistondagi haqiqiy hayotni aks ettirmasligini aytib, nega qahramonini uşbu davlat bilan boğlaganini izohlagan.

Saşa Baron Koen «Borat» filmi uchun Qozoğistondan ilk bor uzr so‘radi

Britaniyalik aktyor Saşa Baron Koen 2006-yilda ishlangan «Borat» filmidagi shu nomli obrazi uchun Qozoğiston aholisidan rasman uzr so‘radi. Ushbu film syujetiga ko‘ra, o‘ylab topilgan qozoğistonlik jurnalist Borat Sagdiev hujjatli film suratga olish uchun AQShga boradi, Amerika madaniyati bilan tanishadi va ko‘plab kulgili vaziyatlarga tushib qoladi.

Komik aktyor Happy Sad Confused podkasti efirida amerikalik jurnalist Josh Horovits bilan suhbat chog‘ida «Ali Ji: Men kimman?» komediyasini ham targ‘ib qildi (unda Borat obrazi ham qaytgan).

U shu o‘rinda o‘zining mashhur obrazi Qozoğistonga aloqador emasligini tan olgan.

«Men Qozoğiston xalqidan birinchi marta uzr so‘ramoqchiman. Chunki Boratning Qozoğistonga hech qanday aloqasi yo‘q», – dedi aktyor Happy Sad Confused podkasti efirida.

Aktyorning tushuntirishicha, bu personaj ilk bor BBC uchun komedik shouda paydo bo‘lgan, keyinroq esa uning ismi va millati shouni qaysi telekanal moliyalashtirishiga qarab o‘zgarib borgan.

U navbatdagi komediya ustida ishlayotganida «hech kim bilmaydigan joy» sifatida Qozoğistonni tanlaganini aytadi. U hatto qozoqcha talaffuz qanday bo‘lishini ham bilmasligini ta’kidlaydi. «Buning Borat bilan hech qanday aloqasi yo‘q, lekin men baribir undan foydalanishda davom etaman, chunki mening Markaziy Osiyo aksentlari haqidagi bilimlarim juda cheklangan», – degan u.

Efirdagi bayonot Koen o‘zi yaratgan obraz uchun ilk bor uzr so‘rashi bo‘ldi, ammo u film chiqqan vaqtdayoq o‘zini oqlashiga to‘g‘ri kelgan. «Biz Qozoğiston ustidan kulmayapmiz. Biz men tasvirlagan Qozoğiston haqiqatan ham mavjudligiga ishonuvchi odamlar ustidan kulyapmiz», – degandi aktyor 2006-yilda Rolling Stone’ga bergan intervyusida.

O‘tgan vaqt mobaynida Qozoğiston hukumati «Borat»ga nisbatan nafratdan uni tushunishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 2005-yilda Qozoğiston TIV Koenni sudga berish bilan tahdid qilgan va uning shousini Qozoğiston va uning xalqini xalqaro miqyosda badnom qilishga qaratilgan «siyosiy buyurtma» deb atagandi.

2006-yilda esa, to‘liq metrajli film chiqishi arafasida mamlakat hukumati The New York Times va International Herald Tribune gazetalariga Qozoğistonning XXI asrdagi muvaffaqiyatlari haqida hikoya qiluvchi to‘rt sahifali reklama ilovasini nashr etish uchun pul to‘laydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.