Dunyo

Bobur haqida O‘zbekiston va Pokiston hamkorligida film suratga olinishi mumkin

Filmda qaysi mamlakat aktyorlari ishtirok etishi hozircha aniq emas. Tafsilotlar Pokistonning Elektron media va nashrlar

Bobur haqida O‘zbekiston va Pokiston hamkorligida film ishlanishi mumkin

O‘zbekiston va Pokiston hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi qo‘shma filmni suratga olish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Pokiston Axborot va teleradioeshittirish vazirligi Tashqi targ‘ibot qanotining Markaziy Osiyo respublikalari bo‘yicha direktori Asif ur Rahmon Xon Xabar.uz muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, loyiha hozircha ishlab chiqish bosqichida turibdi. Hozir ssenariy ko‘rib chiqilmoqda, suratga olish maydonchalari va manzillar esa hali yakuniy tasdiqlanmagan.

«Loyiha qo‘shma ish bo‘lishiga umid qilaman. Pokiston hududida ham suratga olish ishlari bo‘lishi mumkin. Ammo bu masalalar hali hal qilinishi kerak», – dedi Asif ur Rahmon Xon.

Filmda qaysi mamlakat aktyorlari qatnashishi hozircha noma’lum. Bu boradagi tafsilotlar Pokistonning Elektron media va nashrlar direksiyasi hamda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan kelishilmoqda.

«Aktyorlar tarkibi to‘liq o‘zbekistonliklardan, pokistonliklardan yoki har ikki mamlakat vakillaridan iborat bo‘ladimi, degan savol qiziqish uyg‘otayotganini tushunaman. Menimcha, filmda ikki mamlakat aktyorlari ishtirok etadi. Bu Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi qo‘shma hamkorlik ruhiga mos bo‘ladi», – dedi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.