Dunyo

Saylovlar haftasi: mağlublar qoçmoqda – hafta dayjesti

Hafta davomida Isroilda parlament saylovi ötkazildi. Lekin hali ğolib yöq. Braziliyadagi saydovda yengilgan nomzod qamalişdan qörqib AQŞga qoçdi. Serbiyadagi saylovlarda talabalar Vuçiçni yengdi. Quyida haftaning baʼzi muhim voqealarini birgalikda yodga olamiz.

Saylovlar haftasi: mag‘lublar qochmoqda – hafta dayjesti

Haftaning eng muhim siyosiy voqeasi Isroildagi saylovlar bo‘ldi. Chunki so‘nggi yillarda bu davlat qilayotgan ishlar Yaqin Sharqdagi muvozanatni butunlay izdan chiqardi. Saylovning asosiy intrigası Netanyahu ketadimi-yo‘qmi, degan savol edi. Parlament saylovi yakunlariga ko‘ra, hozircha g‘olib aniq emas. Netanyahu bloki ham, muxolifat ham kerakli 61 ovozni ololmadi. Biroq Isroil arablari hammani hayratda qoldirib, 18-19 o‘rin olishi kutilmoqda. Bu arab partiyalari uchun ochiq rekord.

Saylovning rasmiy natijalari 4-noyabrgacha e’lon qilinadi. Shundan keyin 11-noyabrgacha qaysidir tomon koalitsiya tuzsa, hukumatni qo‘lga oladi. Jarayon turlicha kechishi mumkin. Masalan, general Gadi Ayzenkot boshchiligidagi muxolifat arab partiyalari bilan birlashib, kerakli 61 ovozni to‘plagan holda hukumat tuzishi va Netanyahu ketishi mumkin. Amaldagi bosh vazir esa Ayzenkotning o‘zi bilan kelishib, aralash hokimiyat tuzishi ham ehtimoldan xoli emas. Hech kim hukumat tuza olmasa, qayta saylov o‘tkaziladi.

Braziliyada ham saylovlar qizg‘in o‘tdi. Amaldagi prezident Lula da Silva yana kichik farq bilan g‘alaba qozondi. Saylovning ikkinchi turida 80 yoshli Lulaga 51 foizdan ko‘proq, Flavio Bolsonaroga esa 49 foizga yaqin odam ovoz berdi. 4 yil avval ham shunga o‘xshash natija qayd etilgan, faqat o‘shanda Lula hozir qamoqda bo‘lgan katta Bolsonaroni mag‘lub etgandi. 80 yoshli Lula saylovda yengsa, kichik Bolsonaroni ham qamashini aytgandi, lekin ulgurmadi. Aftidan, otasining taqdiri boshiga tushishidan qo‘rqqan Flavio AQShga qochib ketdi.

Bu oila Tramp bilan yaqin, AQSh uning nomzodini qo‘llagandi. Lulaning g‘alabasini Vashingtonda yomon qarshi olishdi, Trampning tarafdorlari «Braziliya bilan aloqalarni uzish kerakligini» aytib chiqdi, lekin tabiiyki Braziliyadagi saylovlar demokratik o‘tmaganiga hech qanday isbot keltira olishmadi.

Eronda yana urush bo‘lishi haqida xabarlar hafta davomida tobora ko‘paydi. 3-noyabr kuni AQShda oraliq saylovlar o‘tkaziladi, ertasiga javoblar chiqadi. O‘sha kuni Isroildagi saylovlar ham biryoqlik bo‘ladi. Tramp va Netanyahu hukumatini saqlab qolsa, katta ehtimol Eronga qarshi navbatdagi yirik operatsiyalar boshlangandek. Bunga ishora qiladigan voqealar juda ko‘p.

Albatta, AQSh Eronga quruqlikdan bostirib kirmaydi, bu katta tavakkal, okean ortiga tobutlar oqib borishi Tramp hukumati uchun jiddiy xavf. Bu gal ham yangi rahbariyat, yadroviy obyektlar, muhofizlar korpusi tizimlariga zarba berilishi mumkin. Lekin Amerika va Isroildagi saylov natijalari yangi urushga to‘sqinlik qilishi ham mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.