Isroildagi saylov: hukumat taqdirini arablar hal qiladimi?
Isroildagi parlament saylovida ovozlarning 95 foizi sanab çiqilgandan keyingi vaziyat quyidagiça: Netanyahu bloki – 54 örin, muxolifat koalitsiyasi – 48 örin, arab partiyalarida – 18 örin. Hukumat tuziş uçun zarur 61 örinni heç kim egallay olmadi. Muxolifat arablar bilan kelişib, Netanyahuni ketkazişi nazariy jihatdan mumkin, lekin buning ehtimoli ança past.

Isroildagi saylov: hukumat taqdirini arablar hal qiladimi?
Yaqin Sharq — jahon geosiyosati, energetik xavfsizlik, dunyodagi yirik dinlar va sivilizatsiyalarning tarixiy markazi. Shu bois Isroil joylashgan Yaqin Sharqni kuzatish va tahlil qilish nihoyatda muhim. Bundan tashqari, Isroil — noyob davlat. AQSh eng yirik iqtisodiyot va harbiy qudrat bo‘lsa, Isroil va uning lobbisi AQSh ichki va tashqi siyosatiga eng katta ta’sir ko‘rsata oladigan davlat hisoblanadi.
Isroildagi bu safargi saylovlar bir qator sensatsiyalarni yuzaga chiqardi. Birinchidan, hokimiyat uchun kurashgan ikki siyosiy blokdan birortasi kerakli ko‘pchilikni, ya’ni 60 o‘rindan ziyodroq deputatlik joylarini qo‘lga kirita olmadi. Ikkinchi muhim yangilik — Isroil tarixida birinchi marta ushbu davlatning arab aholisi juda faol bo‘ldi va arab partiyalari Knessetda 17-19 tagacha o‘rin olishi mumkinligi ayon bo‘ldi.
Demak, Isroil aholisi taxminan 11 million atrofida bo‘lsa, uning 21 foiz aholisi, ya’ni taxminan 2,1 millioni etnik arablar hisoblanadi. Bu arablar Isroil fuqaroligiga ega, demak, ovoz berish, saylash va saylanish huquqiga ega. Biroq Isroilda arab aholisiga munosabat oddiy emas. Mamlakat hokimiyati o‘zining arab aholisini “ikkinchi navli” odamlar sifatida ko‘radi, ularni harbiy xizmatga chaqirmaydi, boshqaruvga yaqinlashtirmaydi, elektoral faollik siyosiy ta’sirga aylanishini cheklashga urinadi.
Mana, endi Isroilda hukumatni shakllantirish uchun ikkita siyosiy blok, alyans kurashmoqda. Biri — bosh vazir Netanyahu koalitsiyasi. Ikkinchisi — sobiq bosh qo‘mondon, bosh harbiy shtab boshlig‘i, general Ayzinkot bloki. Netanyahu bloki jami bo‘lib 54 deputatlik mandatini qo‘lga kiritdi. Biroq hukumatni shakllantirish uchun Netanyahuga 7 deputat yetmaydi. Ayzinkot koalitsiyasi esa jami 48 o‘rin egalladi. Hukumat shakllantirish va vazirlar mahkamasidagi portfellarni bo‘lib olish uchun ularga kamida 13 deputatlik ovozi yetishmayapti.
Bu saylovlar markazida Netanyahu shaxsi turibdi. Ushbu saylovda Isroil aholisi bitta tamoyil asosida bo‘lindi — Netanyahu tarafdori yoki Netanyahuga qarshilik. Boshqa masalalar Netanyahu shaxsi kabi muhim va fundamental emas. Aytish kerakki, Netanyahu Isroil tarixida eng uzoq muddat, eng ko‘p marta bosh vazir bo‘lgan siyosatchi hisoblanadi. U 1996-yildan beri bir necha marta bosh vazir kreslosini egallagan siyosatchi. Shu sabab aynan Netanyahu Isroil elitasida eng yomon ko‘riladigan shaxs hisoblanadi, lekin Isroil jamiyatida hali ham uning tarafdorlari kam emas. Agar o‘tgan safargi, 2022-yildagi parlament saylovlari bilan qiyoslasak, Netanyahu bloki ancha o‘rin yo‘qotdi: ular 2022-yilda 64 o‘rinni egallab, bemalol hukumat tuzgan edi. Bu safar 11 o‘rin past ovoz olishdi (yakuniy natijalar hali ma’lum emas).
Biroq unga muxolifatda bo‘lgan Ayzinkot bloki ham yetarlicha ovoz ololmadi. Shunda endi Isroil hukumati taqdirini 19 ta deputatlik o‘rin olgan arab partiyalari hal qiladimi? Buning ehtimoli u qadar yuqori emas. Asosiy sabab — Isroildagi siyosiy o‘yin qoidasi, siyosiy mafkura.

