Savdo 17,8 mlrd dollarga yetdi, oldinda - “oltin ön yillik”: Şavkat Mirziyoyev kitobi Xitoyda naşr etildi
30-oktabr kuni Pekinda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston: barqaror taraqqiyot va farovonlik yölida” nomli kitobi xitoy tilida taqdim etildi. Unda davlat rahbarining 2021–2025-yillardagi nutqlari, maʼruzalari, maqolalari va intervyulari jamlangan.

Savdo 17,8 mlrd dollarga yetdi, oldinda - “oltin ön yillik”: Şavkat Mirziyoyev kitobi Xitoyda naşr etildi
Taqdimotda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi, Şanxay hamkorlik taşkiloti Kotibiyati, ilmiy-tadqiqot markazlari, diplomatik korpus va işbilarmon doiralar vakillari iştirok etdi.
Özbekiston delegatsiyasi tarkibida Prezident maslahatçisi O. Davlatov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boşqaruvi raisi Odiljon Tojiev, Taraqqiyot strategiyasi markazi ijroçi direktori Eldor Tulyakov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov qatnashdi. Tadbirni Özbekistonning Xitoydagi elçisi Farhod Arziev ochib berdi.
Kitob Xitoyning “Jenmin” naşriyoti tomonidan chop etilgan bo‘lib, uni tayyorlashda Minzu universiteti olimlari ham ishtirok etgan. Naşr xitoylik o‘quvchilarga Özbekistondagi islohotlar, mamlakatning taraqqiyot strategiyasi va tashqi siyosat ustuvorliklarini davlat rahbarining qarashlari orqali o‘rganish imkonini beradi.
Kitobning xitoy tilida chiqishi va taqdimotning tashkil etilishida Özbekistonning Xitoydagi elchixonasi faol ish olib bordi. Elçi Farhod Arziev taqdimotdagi nutqida kitob Xitoy va xalqaro jamoatchilikni Yangi Özbekistonning ichki va tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirishda muhim manba bo‘lishini taʼkidladi. Xitoy tomoni ham taqdimot yuqori saviyada tashkil etilganini alohida qayd etdi.
Elchixona Pekinda gumanitar yo‘nalishda ham faol ishlamoqda. Yaqinda u “Özbekiston - Xitoy: sivilizatsiyalar muloqoti va umumiy meros” tadbirini o‘tkazdi, taqdimotdan bir kun oldin esa Pekinda Özbekiston madaniyati kunlari ochildi.
Özbekiston va Xitoy rahbarlari o‘rtasidagi siyosiy iroda ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqqanini taʼkidladi. U kitobni Xitoy jamoatchiligi, ayniqsa, yoshlar orasida keng tanitish, Özbekistonning islohotlar tajribasini o‘rganish muhimligini qayd etdi.
Lyu Xaysin kitobning xitoy tilida nashr etilishini ikki davlat rahbarlari erishgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi muhim voqea deb atadi.
Lyu Xaysin ning fikricha, kitob xitoylik o‘quvchilarga Özbekistondagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, mamlakatning tashqi siyosiy pozitsiyasi va mintaqada tinchlik hamda barqarorlikka qo‘shayotgan hissasini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, davlat boshqaruvi tajribasini almashishning muhim vositasiga aylanadi. U diplomatik munosabatlarning 35 yilligi arafasida Pekin Özbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘lini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini taʼkidladi.

