Saudiya Arabistonida eng yirik neft kompaniyasining qarorgohiga hujum qilindi

Saudiya Arabistonida eng yirik neft kompaniyasining qarorgohiga hujum qilindi
Saudiya Arabistonida husiylarning hujumidan soʻng dunyodagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri boʻlmish Saudi Aramco qarorgohi jiddiy shikastlandi. Yongʻin binoning oltinchi qavatidan oʻninchi qavatigacha tarqaldi, yuqori qavatlarda esa shiftlar oʻpirilib tushdi va derazalar sinib ketdi.
Shu bilan birga, majmua odatdagi rejimda ishlashda davom etmoqda. Xodimlarning bir qismi masofaviy ishga oʻtkazildi, kompaniyaning baʼzi funktsiyalari esa xorijiy ofislarga koʻchirildi.
Agentlik suhbatdoshlarining soʻzlariga koʻra, yongʻin binoning janubiy qanotidagi toʻqqizinchi qavatda boshlangan va keyin bir nechta qavatga tarqalgan. Saudi Aramco bosh direktorining kabineti joylashgan yuqoridagi uchta qavat jiddiy shikastlangan: shiftning bir qismi oʻpirilgan, deraza va eshiklar sinib ketgan.
Oqibatlarning rasmiy bahosi nashr bahosidan farq qiladi. Saudiya Arabistoni energetika vazirligi hujum cheklangan miqyosdagi yongʻinni keltirib chiqarganini maʼlum qildi.
Shtab-kvartirada operativ markaz joylashgan boʻlib, u orqali kompaniya quruqlikdagi va dengizdagi neft platformalari, neftni qayta ishlash zavodlari, eksport terminallari va minglab kilometrlik quvurlar tarmogʻi ishini nazorat qiladi.
Hujum Saudiya Arabistoni va Yemenda Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan husiylar oʻrtasidagi harbiy harakatlar avj olgan bir paytda yuz berdi.
Avvalroq husiylar Ar-Riyod xalqaro aeroportiga zarba bergan edi, buning oqibatida kamida 12 kishi halok boʻlgan va yana 309 kishi jarohat olgan edi.

