Sankt-Peterburgda qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning olti nafar farzandi vatanga qaytarildi
M.M. va uning farzandlarida shaxsini tasdiqlovchi hamda mamlakatdan chiqish huquqini beruvchi hujjatlar bo‘lmagani bois u Rossiyadagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasida, farzandlari esa bolalar ijtimoiy boshpanasida saqlanayotgan edi.

Sankt-Peterburgda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi M.M. va uning olti farzandi O‘zbekistonga qaytarildi.
Bosh konsulxona diplomatlari O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakillari bilan hamkorlikda M.M. va uning farzandlariga yordam ko‘rsatdi.
Avvalroq, M.M. va uning farzandlarida shaxsini tasdiqlovchi va mamlakatdan chiqishga ruxsat beruvchi hujjatlar bo‘lmagani sababli, M.M. Rossiyadagi xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasasida, uning olti farzandi esa “Tranzit” bolalar ijtimoiy boshpanasida bo‘lgan.
M.M.ning farzandlaridan uzoq vaqt ajralib qolishining oldini olish maqsadida, Bosh konsulxona tomonidan qisqa muddatda zarur hujjatlar rasmiylashtirib berildi.
M.M. va uning farzandlari “Sankt-Peterburg – Samarqand” aviareysi orqali vatanga qaytarildi.

