Dunyo

Sankt-Peterburgda migrantlarga doʻkon va salonda patent asosida ishlash taqiqlandi

Gubernator Aleksandr Beglovning qarori bilan 2026-yil uchun chet ellik ishchilarni patent asosida jalb qilish taqiqlangan faoliyat turlari roʻyxati kengaytirildi.

Sankt-Peterburgda migrantlarga doʻkon va salonda patent asosida ishlash man etildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi doʻkonlar, goʻzallik va massaj salonlari hamda sartaroshxonalarda 2026-yil oxirigacha chet elliklarni patent asosida ishga olish taqiqlangani haqida Interfaks shahar maʼmuriyatiga tayanib xabar berdi.

Bu cheklovlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar — Belarus, Qozogʻiston, Armaniston, Qirgʻiziston — fuqarolariga hamda ishlash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan chet elliklarga, jumladan, yuqori malakali mutaxassislarga tatbiq etilmaydi.

Gubernator Aleksandr Beglov qarori bilan 2026-yil uchun chet ellik ishchilarni patent asosida jalb qilish taqiqlangan faoliyat turlari roʻyxati kengaytirildi.

Xabarda aytilishicha, roʻyxatga chakana savdo, jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish, tibbiyot sohasidagi ayrim yoʻnalishlar, shuningdek, goʻzallik salonlari va sartaroshlik xizmatlari bilan bogʻliq faoliyat turlari kiritilgan.

Tibbiyot sohasidagi faoliyat turlari orasida, xususan, massaj salonlari va sanatoriylar faoliyati ham bor.

Tadbirkorlarga xodimlar sonini yangi talablarga moslashtirish uchun 15-dekabrgacha vaqt berildi.

Rasmiylar bu taqiq «ish oʻrinlari birinchi navbatda Rossiya fuqarolari, jumladan, yoshlar va talabalar uchun yaratiladigan shaffof hamda tartibga solinadigan mehnat bozorini» shakllantirishga yordam berishiga umid qilmoqda.

Avval xabar qilinganidek, 2025-yil dekabr oyida Beglov 2026-yil oxirigacha migrantlarni patent asosida taksi haydovchisi va kuryerlik ishlariga jalb qilishni taqiqlash haqidagi qarorni imzolagan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.