Dunyo

Peterburgda migrantlarga savdo, fitnes-markazlar va salonlarda ishlash taqiqlanishi mumkin

Sankt-Peterburgda patent asosida ishlaydigan chet el fuqarolarining ishga joylashishi taqiqlanadigan sohalar roʻyxati sezilarli darajada kengaytirilishi mumkin. Bu cheklovlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolariga ham taalluqli boʻladi.

Roʻyxatga oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi, fitnes-markazlar va sport klublari, sartaroshxonalar, goʻzallik va massaj salonlarini qoʻshish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, taqiq sanatoriy-kurort tashkilotlari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalariga ham joriy etilishi mumkin. Agar hujjat qabul qilinsa, ish beruvchilarga shtat tarkibini yangi talablarga muvofiqlashtirish uchun 2026 yil 1 dekabrgacha muddat beriladi.

Gap faqat Rossiyada patent asosida ishlaydigan chet elliklar haqida bormoqda. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) mamlakatlari fuqarolariga, shuningdek, yashash guvohnomasiga ega boʻlgan chet elliklarga bu cheklovlar tatbiq etilmaydi. Hozirgi vaqtda Peterburgda patent asosida ishlaydigan chet elliklarni taksi va kuryerlik yetkazib berish xizmatlariga jalb qilish taqiqi allaqachon amal qilmoqda.

Bundan oldin Oʻzbekiston va Rossiya RFga ishga ketayotgan fuqarolar uchun kompleks markaz tashkil etishni muhokama qilgan edi. U yerda hali joʻnab ketishdan oldin test sinovlari, tibbiy koʻrik, biometriya, daktiloskopiya va hujjatlarni tekshirishdan oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.