Boshqa

Samolyotda nimalarni gapirish mumkin emas va bortdagi "hazillar" nima bilan tahdid soladi?

Samoletda nimalarni gapirish mumkin emas va bortdagi "hazillar" nima bilan tugaydi?

Sentyabr boshida Olmaota — Oqtau reysi yoʻlovchisi sumkasida goʻyoki bomba borligi haqidagi gapidan keyin parvoz oldidan bortdan tushirib yuborildi. Tekshiruv davomida hech qanday portlovchi qurilma topilmadi, biroq ehtiyotsizlik bilan aytilgan gap reysning kechikishiga, yoʻlovchilarning qayta tekshirilishiga va transport politsiyasining aralashishiga olib keldi.

Podrobno.uz muxbiri Oʻzbekistonda bomba haqida hazillashishga qaror qilgan yoʻlovchini nima kutayotganini, u qanday javobgarlikka tortilishi mumkinligini va reys kechikishi sababli koʻp millionlik zararni qoplashiga toʻgʻri keladimi-yoʻqmi, shuni aniqladi.

### Osmonda hazilga oʻrin yoʻq

Fuqaro aviatsiyasida tahdid yoʻlovchida yakunda xavfli buyum topilgan-topilmaganligiga qarab baholanmaydi. Xavfsizlikka tahdid sifatida qabul qilinishi mumkin boʻlgan har qanday gap yoki harakat tekshirishni talab qiladi. Shu bois, hatto hazil tariqasida aytilgan gap ham reysning kechikishiga va qoʻshimcha tekshiruvlarga sabab boʻlishi mumkin. Aeroport xodimlari uchun yoʻlovchining niyati faqat potentsial tahdid istisno qilinganidan keyingina ayon boʻladi.

Uzbekistan Airways bunday vaziyatlarda xavfsizlik hamisha birinchi oʻrinda turishini taʼkidladi:

"Yoʻlovchining xavfsizlikka potentsial tahdid sifatida baholanishi mumkin boʻlgan har qanday gapi yoki harakati eʼtiborsiz qoldirilishi mumkin emas, hatto keyinchalik bu hazil boʻlgani va real tahdid mavjud emasligi aniqlansa ham".

Biroq bomba haqida hazillashishga qaror qilgan yoʻlovchi uchun ish faqat bitta tekshiruv bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Agar uning soʻzlari tufayli reys kechiktirilsa va favqulodda tekshiruvlar boshlansa, barcha xarajatlar aynan aybdorning zimmasiga tushadi. Uzbekistan Airways kompaniyasidan Podrobno.uz'ga maʼlum qilishlaricha, agar xarajatlar hujjat bilan tasdiqlansa, tashuvchi "hazilkash"ga nisbatan regress daʼvo qoʻzgʻatish va sud orqali zararning toʻliq summasini undirish huquqiga ega.

### Bunday xavfsizlik tizimi qayerdan paydo boʻlgan

Bunday qatʼiy reaktsiya bejiz paydo boʻlmagan. Zamonaviy aviatsiya xavfsizligi qoidalari davlatlarni yoʻlovchilar va bagajni nazorat qilish yondashuvlarini qayta koʻrib chiqishga majbur qilgan yirik hodisalardan keyin shakllangan. Eng muhim burilish nuqtalaridan biri AQShda 2001 yil 11 sentyabrda sodir etilgan va uch mingga yaqin odamning hayotiga zomin boʻlgan terrorchilik xurujlari boʻldi.

Ungacha ham xavfsizlik tizimi yoʻlovchilar va bagajni tekshirish, metallodetektorlar va rentgen qurilmalarini oʻz ichiga olar edi. Ammo terrorchilik xurujlaridan keyingi tergovlar bir qator jiddiy zaif jihatlarni aniqladi, aeroportlarda va bortda nazorat talablari sezilarli darajada kuchaytirildi.

Bugungi kunda xavfsizlik bir necha himoya darajasi tamoyili asosida qurilgan. Yoʻlovchilar va bagaj tekshiriladi, aeroportning turli hududlariga kirish nazorat qilinadi, ekipaj esa bevosita bortdagi potentsial tahdidga munosabat bildirishga majbur.

### Oʻzbekistonda bunday "hazil" uchun nima xavf soladi

Oʻzbekistonda havo kemasida xulq-atvor qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan. Uzbekistan Airways Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 117-moddasiga — "Havo kemasida xulq-atvor qoidalarini buzish"ga havola qildi.

Shu bilan birga, yoʻlovchilarning xulq-atvor qoidalarining oʻzi Havo kodeksining 92-1-moddasida mustahkamlangan. Yoʻlovchi havo kemasi komandiri va ekipaj aʼzolarining parvoz, odamlar va mol-mulk xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq buyruqlarini bajarishga majbur.

Biroq bortdagi harakatlar uchun javobgarlik faqat bitta maʼmuriy modda bilan cheklanmaydi. Aviakompaniyada tushuntirishlaricha, sodir boʻlgan voqeaning xususiyati va oqibatlariga qarab, u maʼmuriy, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa jinoiy boʻlishi mumkin.

Agar sodir boʻlgan voqeada boshqa huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari koʻrinsa yoxud havo kemasi yoki odamlarga tahdid yuzaga kelsa, yakuniy huquqiy bahoni muayyan holatlarni hisobga olgan holda vakolatli davlat organlari beradi.

Aviakompaniya xarajatlarini qoplashdan tashqari, yoʻlovchi parvozni davom ettirish imkoniyatidan mahrum boʻlishi mumkin.

Uzbekistan Airports qoʻshimcha qilishicha, bunday hodisalarning oqibatlari nafaqat qoidabuzarning oʻziga, balki reysning barcha yoʻlovchilariga ham taʼsir qilishi mumkin.

"Keyingi harakatlar koʻlami tahdidni baholash natijalariga bogʻliq. Agar yoʻlovchi Olmaotadagi kabi allaqachon samolyot bortida boʻlsa, nafaqat aybdorning oʻzi, uning qoʻl yuki va bagaji, balki, qoida tariqasida, barcha yoʻlovchilar qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkaziladi. Butun bort va boshqa yoʻlovchilarning bagaji toʻliq koʻzdan kechiriladi. Yaʼni, bu reysning butun parvoz vaqtiga kechikishi demakdir. Yoʻriqnomalar shunday. Shuning uchun bunday "hazilli" vaziyatda yakunda nafaqat hazilkashning oʻzi, balki qolgan barcha yoʻlovchilar ham jabr koʻradi", – дея изоҳ берди Uzbekistan Airports.

### Bortdagi soʻzlarning qora roʻyxati

Va koʻpchilik shu kabi maqolalarni oʻqishiga sabab boʻladigan asosiy savol: qaysi soʻzlar yoʻlovchiga muammo tugʻdirishi mumkin?

Uzbekistan Airports maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonda aytilgani uchun yoʻlovchi avtomatik ravishda jazolanadigan soʻzlarning rasmiy roʻyxati yoʻq. Shuning uchun "bu soʻzni aytdi — jazo oldi" qabilidagi roʻyxatni tuzib boʻlmaydi: gapning maʼnosi va muayyan holatlar ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, xalqaro amaliyotda muayyan tavsiyalar uchraydi. Masalan, Turkiyaning Pegasus Airlines aviakompaniyasi xalqaro reyslar yoʻlovchilariga "terrorchi", "bomba", "raketa" va "qurol" soʻzlarini ishlatmaslikni toʻgʻridan-toʻgʻri maslahat beradi. Aviakompaniya buni bunday soʻzlar yoʻlovchilar va ekipaj oʻrtasida vahima keltirib chiqarishi mumkinligi bilan izohlaydi va alohida taʼkidlaydi: nozik iboralar toʻplami mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airports qayd etishicha, aeroport xodimi yoʻlovchi "shunchaki hazillashdi" deb mustaqil qaror qabul qila olmaydi va bunday gapni eʼtiborsiz qoldira olmaydi. Agar kishi bomba, portlovchi modda, qurol, tayyorlanayotgan portlash, terrorchilik xuruji yoki samolyotni egallab olish haqida gapirsa, xodimlar aksi isbotlanmaguncha, potentsial tahdid real boʻlishi mumkinligidan kelib chiqib ish tutishga majbur.

Boshqacha aytganda, muammoni muayyan "taqiqlangan soʻz" emas, balki muayyan vaziyatda tahdid sifatida baholanishi mumkin boʻlgan gap tugʻdirishi mumkin. Shundan keyingina mutaxassislar va huquqni muhofaza qilish organlari sodir boʻlgan voqea holatlarini baholaydi va keyingi harakatlar uchun asoslar bor-yoʻqligini hal qiladi.

"Shuning uchun yoʻlovchilarga eng yaxshi maslahat juda oddiy: bombalar, qurollar, portlashlar va terrorchilik tahdidlari bilan bogʻliq mavzularda hazillashmang. Roʻyxatdan oʻtishda ham, tekshiruvda ham, samolyotda ham", – дея таъкидлади Uzbekistan Airports.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.